“Nafs iskanjasida”

Date:

Har bir soha tanish-bilishchilikdan, korrupsiyadan holi bo‘lishi kerak. Ana shundagina tizimda o‘zgarish, yangilanish, o‘sish kuzatiladi. Aks holda zalolat botqog‘iga botish hech gap emas. Bu holat ta’lim tizimida kuzatilsa bormi, ertangi kunimiz tuman ostida qolishi aniq. Shunday ekan, o‘z vaqtida mavzuning nechog‘lik dolzarb ekanini, bosadigan har bir qadamimiz, qarorimiz ertangi kunimizga ta’sir etishini unutmasligimiz shart va zarur.
Shu maqsadda Termiz shahridagi 11-umumta’lim maktabida shahardagi umumta’lim, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda hisobchilari uchun “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etishdi.
Dastlab yig‘ilganlar e’tiboriga “Nafs iskanjasida” nomli film namoyish etildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun