Og‘ir hudud toifasidagi mahallalar yaxshilanmoqda…

Date:

Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan, hududlarda tanlab olingan, og‘ir hudud toifasidagi mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash hamda yuzaga kelgan kamchilliklarni bartaraf etish borasida islohatli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Termiz tumanidagi Sharof Rashidov mahallasida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, tuman hokimi Shuxrat Nazarov ushbu mahallada bo‘lib, hududga biriktirilgan mas’ullar bilan suhbatlashib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ayni vaqtda ko‘chalar, aholi xonadonlari atroflarini obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash, yo‘llarni ta’mirlash ishlari, infratuzilmani yaxshilash tadbirlari bajarilmoqda.
Tuman rahbari ishlarni tizimli va sifatli tashkil etish hamda biriktirilgan mas’ullar tomonidan tegishli vazifalarni o‘z vaqtida yakunlab, mahallani qisqa muddatda “qizil”dan “yashil” toifaga o‘tkazish vazifasi topshirildi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi islohotlar...

Jasorat unutilmaydi

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini...

Muammoli kreditlar nazoratda

Surxondaryo viloyatida muammoli kreditlarni undirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga...

“Boysun bahori”da milliy o‘yinlar jo‘sh urmoqda

Bugun Boysun bahori xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni bo‘lib,...
KunTun
KunTun