Ma’muriy reglament tasdiqlandi

Date:

O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga qarab turish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning tartibi belgilandi. Ko‘pchilik qiziqish bildirishi aniq. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 318-sonli Qarori dab u borada batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Qarorda o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslarga qarab turishning haqiqiy holatini tekshirish to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglament I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bolaga, shuningdek, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning tartibini belgilaydi. Reglament umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish shartnomasi asosida o‘zga shaxslarga qarab turish munosabatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Qarab turuvchi shaxsning mehnat stajini tasdiqlovchi ma’lumotnoma bir yil muddatga rasmiylashtiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024-yil 4-sentyabrdan kuchga kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak intellekti” g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi yosh...

Yosh iste’dodlar kashf etildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Bo‘zatov fest — “Yoshlar ovozi–2026”...

Chorvachilikda yangi imtiyozlar

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish va mahsuldorlikni oshirish maqsadida yangi soliq...

Surxon bioxilma-xilligi xalqaro olimlar nigohida

Termiz davlat universiteti olimlari dunyoga mashhur malakolog va xalqaro...
KunTun
KunTun