Qabul boshlandi

Date:

Yangi o‘quv yili uchun 5-iyundan 25-iyungacha abiturientlar oliy ta’lim muassasalarida test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Shunday ekan, ko‘pchilik yoshlarda qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish kerak, oliy ta’lim muassasalari, mutaxassislikni qanday tanlash bo‘yicha ko‘plab savollar tug‘ilishi aniq. Dastlab, abiturientlar my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Buning uchun pasport ma’lumotlari va telefon raqamini kiritish kifoya. Shundan keyin testlarni topshirish uchun hududni, ta’lim tilini tanlab, test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar majmuasi tanlanadi.
Fanlar blokiga qarab bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos keladigan ikkita fan tasdiqlanadi. Ulardan tashqari, uchta majburiy fan bo‘yicha ham test sinovlari o‘tkaziladi. Chet tilini bilish sertifikatini abiturientning o‘zi qo‘shishi mumkin. Milliy sertifikat va imtiyozlar haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda qo‘shiladi. Tasdiqlash kodi bilan SMS-xabar olingandan so‘ng, telefon raqamida ariza beruvchining ro‘yxatga olish varaqasi yaratiladi.
Ro‘yxatdan o‘tishni yakunlash uchun 0,5 BHM (170 ming so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirish kerak. Shundan so‘ng, ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tish varaqasini yuklab olishi mumkin. Qayd etilishicha, topshirishning oxirgi muddati – 25 iyungacha arizangizga o‘zgartirishlar kiritishingiz mumkin.Eslatib o‘tamiz, “birinchi test, keyin tanlov” yangi tizimiga ko‘ra, abiturientlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan keyin 15 kun ichida universitet, yo‘nalish va o‘qish shaklini tanlashi mumkin bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tibor va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartiradi

Jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj...

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori,...

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda

Termiz davlat universitetida talabalar uchun yangi imkoniyat — Harbiy...

Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi o‘zbekzabon aholining ona tilida...
KunTun
KunTun