“Avval test, so‘ng tanlov”

Date:

Har yili yangidan yangi qaror va farmonlar chiqib, ta’lim tizimi isloh qilinib, yoshlarning bilimi munosib baholanishi, malakali kadrlar yetishtirish choralari izchillashtirilmoqda. Muhimi, bilimi bor yosh e’tiborsiz qolmasligi kerak. 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar «avval test, so‘ng tanlov» tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi ayni ishlarning davomi bo‘ldi.
Bunda abiturientlar o‘z tanloviga ko‘ra, test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.
Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayonida abiturientlar har yili belgilangan muddatga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlasa, keyingi bosqichda abiturientlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng, 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.
Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abiturientlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng, 10 kun muddatda tanlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Liftlar nazoratda

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylardagi liftlarning xavfsiz va soz holatda...

“X1” sinovdan o‘tdi

Elektr aviatsiyasi rivojida navbatdagi muhim qadam tashlandi. AQSHning Heart...

Qumqo‘rg‘onda ekoturizm rivojlantiriladi

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarning turizm salohiyatidan samarali...

“Tasmasoy” finalga yo‘l oldi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport va...
KunTun
KunTun