ENG IJODKOR TARBIYACHI

Date:

Qizimning Gulnoza va Malika ismli bog‘cha opalari bor. U har doim Gulnoza opasini yaxshi ko‘rishini ta’kidlaydi. Demak, tarbiyachining bola qalbini zabt etishida ham mahorati bo‘lishi kerak ekan-da, degan xayolga boraman. Kuzatuvlarim natijasida payqaymanki, haqiqatan ham Gulnoza opa mehribon, shirinsuhan bo‘lish bilan birga, bolalarga juda ko‘p she’rlar yod oldiradi. Ularning ijodiy qobiliyatini o‘stiruvchi mashg‘ulotlar bilan mashg‘ul qilib, yangilik yaratishga, tashabbus qilishga harakat qiladi.
Albatta, bunday sa’y-harakatlar bola iqtidorini shakllantirishga xizmat qiladi. Aslida, tarbiyachi-pedagoglardan kutilayotgani ham ayni shu jihatlardir. Jarqo‘rg‘on tumanidagi 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Eng ijodkor tarbiyachi” tanlovida ana shunday ijodkor tarbiyachilar kashf etildi. Iqtidorlar, mahoratlar sinovdan o‘tkazildi. Har bir shart odillik bilan baholangan tanlovda munosiblar g‘olib deb topildi.
Mazkur tanlov maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarining pedagogik mahorati hamda ijodiy qobilyatini rivojlantirish, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini ta’lim-tarbiyaga joriy etishga qaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun