Gʻalaba ishonch bagʻishlaydi

Date:

G‘oyalar, loyihalar amaliyotga tadbiq etilar ekan, ilmda, fanda, texnologiyada o‘zgarishlar, yangilanishlar kuzatiladi. Ayniqsa, bunday yangilanishlarning muallifi yosh avlod ekan, ertangi kunimiz ishonchli qo‘llarda ekaniga amin bo‘lamiz. Ana shunday iqtidorli, tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida esa “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik-tanlovi tashkil etilgan.
Tanlovning hududiy bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar respublika bosqichida ham hakamlar hay’ati e’tiboriga loyihalari taqdimotini qildilar. Toʻrt kun davom etgan “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining finalida respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 280 nafar iqtidorli yosh turli yoʻnalishlar boʻyicha oʻz gʻoya va loyihalari bilan ishtirok etdi.
Quvonarlisi, mazkur tanlovda Xadicha Faxriddinova, Farzona Usmonova, Kayhon Atoyev, Nurali Murodullayev kabi Termiz davlat universitetining iqtidorli talabalari gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Bu bilan ular maxsus sertifikat hamda 6 800 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanishdi, shuningdek, Italiyaning Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida imtihonsiz o‘qish imkoniyatini ham qo‘lga kiritishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun