Bosh vazir o‘rinbosari Angor tumanida

Date:

Rahbarlar hududlar bo‘ylab kezarkan, o‘z yo‘nalishi, sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni, islohotlar samarasini ko‘rishga urinadi. Bu esa o‘z navbatida har bir xodimni, soha vakilini sergaklantirishi, mas’uliyat hissini unutmasligini talab etadi. Ayni maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova Angor tumanida bo‘ldi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Zulxumor Xidirova hamda mas’ullar hamrohligida vazir o‘rinbosari pilla boqishda 80 yillik tajribaga ega kayranlik Mengal momo Xolliyeva xonadonida bo‘lib, ipak qurti boqish ishlari bilan tanishdi. Bir necha yillardan buyon ipak qurti urug‘ini parvarishlab yuqori hosil olib kelayotgan onaxonga sovg‘alar taqdim etildi.
Shundan so‘ng, Bosh Vazir o‘rinbosari “mahalla yettiligi” bilan ham uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi va o‘zining taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...

Keksalikni mehnati ila bezab…

Angor tumanining Do‘stlik mahallasida dehqonchilik va chorvachilik ko‘plab xonadonlar...

“Sopollitepa”ning bolalari bog‘chaga boradi

Muzrabot tumanining Sopollitepa mahallasida 90 o‘rinli 33-sonli davlat maktabgacha...
KunTun
KunTun