Aholiga qulaylik yaratish maqsadida

Date:

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga qarashli Farhod ayollar muruvvat uyida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorlarni davolash shakllari hamda metodlari takomillashtirilib, xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifati oshirilmoqda. Jumladan, ichki a’zolar, yurak-qon tomir, asab va tayanch-harakat tizimlarida kasalliklar, nogironligi bo‘lgan shaxslarda reabilitatsiya qilishning individual dasturlariga muvofiq tibbiy, ijtimoiy-kasbiy, ijtimoiy, psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida zamonaviy reabilitatsiya xizmat ko‘rsatish bo‘limi ochildi. Bo‘limda ilg‘or tajribalar, zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi.
Shu paytgacha nogironlik va nogironlikka olib keluvchi xastaliklarni davolash, uning asoratlarini kamaytirishga ko‘proq e’tibor qaratib kelingan bo‘lsa, yangi reabilitatsiya bo‘limida nogironlikni keltirib chiqaruvchi sabab va omillarni ilmiy asosda o‘rganish, erta aniqlash choralari ko‘riladi. Bir so‘z bilan aytganda, yangi reabilitatsiya xizmat ko‘rsatish bo‘limi aholiga bepul xizmat ko‘rsatish bilan birga faoliyatini yangicha asosda yo‘lga qo‘yish uchun amaliy ishlar boshlab berdi va bu yaqin orada o‘zining ijobiy natijasini beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Nazorat kuchaytirildi

Qurilish sohasida tartib-intizom va qonuniylikni ta’minlash yoshlar uchun xavfsiz...

Nozima chempion bo‘ldi

Sport bilan shug‘ullanish yoshlar salomatligini mustahkamlash bilan birga, ularda...

Xo‘jayipok ziyoratgohi yangilanadi

Ziyoratgoh va tarixiy maskanlarni obodonlashtirish yoshlar uchun ma’naviy tarbiya...

Hamkorlik samarali kechmoqda

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoshlar uchun yangi...
KunTun
KunTun