JInoyat mahallada muhokama qilindi

Date:

Bolakay maktabdagi tengdoshlari kabi kiyinishni, dasta-dasta pul olib kelib sarflashni istaydi. Pul so‘ray desa, so‘roqlari ota-onasining janjaliga aylanadi. Jahllanib, portfelini yelkasiga ortmoqlagan bola xayollari bo‘linib, darsni qoyillatarmidi. Qaytamga o‘chgan cho‘g‘ni alangalatadi. Bir necha kun ota-onasining araz-ginasi, jahl-dashnomlari bir necha kunga yetadigan halovatni o‘g‘irlaydi. sinfdoshlari tanaffusni kutib, oshxona-yu do‘konga chopgan, ular yeyayotgan shirinliklarni ko‘rib qimtinib qo‘yadi. Axir ertalab tuz ham totmagan.

Bir-ikkita do‘stlariga qo‘shilsa, pul ishlashning oson yo‘llari bilan yaxshi yashash mumkin. Bir-ikki bor shunday qilsa… Qildi ham. O‘rgangan ko‘ngil esa o‘rtansa qo‘ymaydigan bo‘ldi. Maktabni bitirar-bitirmas, kimning uyiga o‘g‘irlik tushsa, undan gumonlanadigan bo‘lishdi.
Ota ichkilikka ruju qo‘ygan, ona esa o‘g‘limni boqishim kerak deya xorijga ishlashga ketdi. Tarbiya oqsadi. Oxir jamiyatda subutsiz o‘g‘ri bo‘lib shakllangan bolaning taqdiri boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi…

Jinoyatlar ildizi surishtirilganda majburlik, yo‘qchilik, alam va sitamlar ro‘kach qilinadi. Demak, illatlarga davoni oiladan boshlash kerak. Oilada sog‘lom muhit bo‘lmas ekan, jinoyatchilikka qarshi kurashib bo‘lmaydi. Bunda mahalla-ko‘y, momo-bobolar nasihati, maslahatlari farzand tarbiyasida ko‘ztumor bo‘lsa, qiziqish-u havaslar nafs amriga yetaklamasdi.
Oilada muhit sog‘lom bo‘lsin, ayollar-u bolalar jinoyatning beadog‘ yo‘llarida adashishmasin. Bunda hayotni anglash, huquqni tanish kerak. Ayni shu maqsadda Qumqo‘rg‘on tumani “Mehrobod” mahallasida tashkil etilgan keng jamoatchilik ishtirokidagi jinoyat muhokamasi eng yaxshi chora-tadbir bo‘ldi.

Bir oila tanazzuli, mahallaning, butun bir jamiyatning tanazzuli. Befarqlik esa eng yomon g‘anim. Muammo tuman boshi-yu tegishli mutasaddilarni-da befarq qoldirmadi. Ularning ishtiroki, yoshi ulug‘larning nasihat va tavsiyalari oila atalmish qo‘rg‘on mas’uliyatiga sustkashlik bilan qarayotganlarni xushyorlikka chaqirsa, ajab emas.


S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar maydonda, maqsad — g‘alaba!

Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish...

Para dzyudo finalida bir oltin, bir kumush

Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarining para dzyudo bahslarida O‘zbekiston vakillari...

Fuqarolar murojaati tinglandi

Qumqo‘rg‘on tumanining Mustaqillik mahallasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Yosh taekvondochilarimiz xalqaro turnir g‘olibi

Qatarning Doha shahrida o‘tkazilgan Taekvondo WT bo‘yicha G1 toifasidagi...
KunTun
KunTun