300 nafar bandixonlik bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Date:

Tib ilmining Sultoni ibn Sino bobomiz ta’kidlaganlaridek, odamlar dardiga darmon bo‘lmoq, ezgulik va oliyjanoblikning yuksak namunasidir. Darhaqiqat, bugun aholi salomatligini asrash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Butun dunyo aholisiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan karonavirus, degan balo odamlarni yana bir bor sergaklikka chorladi. Sixat-salomatlikda yashash uchun sog‘lom turmush-tarziga rioya etishga undagan ushbu kasallikdan ko‘pchilik saboq oldi.

Salomatlik posbonlari yuksak qadr topayotgan jamiyatimizda, aholi salomatligiga dolzarb masala sifatida qaralayotgani islohotlarda ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Eng chekka va olis hududlarga ham bugun zamonaviy tibbiyot epkinlari kirib borayotir.

Joylarda tashkil etilayotgan bepul tibbiy ko‘riklar esa inson sog‘ligi va uning qadr-qimmatiga berilgan yuksak e’tibordir. Negaki, hamma ham o‘z vaqtida shifokor qabuliga borib, sog‘ligini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazavermaydi. U yer-bu yeri og‘risa, “o‘tib ketadi, yaxshi bo‘lib qolaman, sharoitim ko‘tarmaydi” qabilida ish tutadiganlar ham oramizda bor. Mutasaddilar tomonidan joylarda tashkil etilayotgan bepul tibbiy ko‘riklar esa ana shu kabi fuqarolar uchun ayni muddaodir.

Bandixon tumani 3-sektor rahbari, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Akmal Berdinazarov tashabbusi bilan tumanning “Zevar” mahallasi aholisi chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tumanning “Xo‘jaipok” qishloq vrachlik punktida tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda, ushbu QVPga qarshli 4 742 nafar aholining 300 nafari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida fuqarolar zamonaviy diagnostik apparatlar yordamida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishgani ular uchun anchayin qulaylik tug‘dirdi. Yo‘l yurib, mablag‘ xarj qilib, qolaversa, turnaqator navbat kutib olis hududlardagi tibbiyot muassasalariga borib yurmasliga zamin yaratdi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun