“Besh tashabbus” endi olimpiada maqomida

Date:

Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga ko‘ra, yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari yaratildi. Ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazilib kelinmoqda.

Yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘zida mujassam etgan  “Besh tashabbus” doirasida ko‘plab tadbirlar uyushtirilib kelingan bo‘lsa, endilikda “Besh tashabbus olimpiadasi” ham tashkil etilmoqda. Millionlab yoshlarni bag‘riga chorlagan, yangidan yangi iqtidorlarni yuzaga chiqarishga xizmat qilayotgan mazkur tashabbus ommaviy harakatga aylanib ulgurdi.

Bugun joylarda “Besh tashabbus olimpiada”lari star oldi. Jumladan, Sariosiyo tumani 1-son Bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat-shashka, stol tennisi, stritbol hamda workout turlari bo‘yicha besh bosqichda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqa 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni qamrab olgan bo‘lib, ishtirokchilar mazkur musobaqada yuqori kayfiyat, zavq-shavq bilan ishtirok etishayotir.  

E’tiborli jihati, mazkur ommaviy musobaqalarda sport ta’lim muassasalarida muntazam shug‘ullanayotgan yuqori ko‘rsatkichga ega, unvon va razryadli sportchilarning ishtirok etishi taqiqlanadi.

Aslini olib qaraganda, “Besh tashabbus” besh imkonmas, yoshlar uchun zo‘r imkonga aylandi.

Joriy yilning 10 aprelidan boshlab, 7-30 yoshdagi yoshlar o‘rtasida sportning 9 ta turi (futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat-shashka, stol tennisi, stritbol, workaut) bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu sport musobaqalari mahallalardagi ko‘chalararo yoshlar o‘rtasida o‘tkazilib, ular orasidan iqtidorli, kuchli va tug‘ma iste’dodi bor yoshlar saralanib olinadi. Bu esa yurtimiz bayrog‘ini yuksakka ko‘taradigan yangi sportchi yoshlarni kashf etadi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Savdo-iqtisodiy aloqalar yanada mustahkamlandi

"Termiz" xalqaro markazi bugun dunyo ishbilarmonlarini bir nuqtada jamlab,...

Toʻyga toʻyona boʻldi

Viloyatimiz boʻylab Navroʻz umumxalq bayrami shukuhi kezib yuribdi. Sariosiyoliklar...

Sariosiyoda Navroʻz shukuhi…

Bugun viloyatimizning Sariosiyo va Qiziriq tumanlari qatorida Qumqo‘rg‘onda ham...

“Behbudiyni yod etib”

O‘zbekiston tarixida g‘oyat murakkab va sinovli bo‘lgan bir davrda...
KunTun
KunTun