Oʻzbekiston chempioni boʻldi

Date:

Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga start berildi. Kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda yurtimizning barcha hududlaridan mahoratli sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqada erkaklar ham, ayollar ham 8 tadan vazn toifasida bahs olib borishdi. Aytish kerakki, bahslar murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Unda Uzun tumanidan ishtirok etgan Abbos Choʻponqulov 87 kilogramm vazn toifasida munosib kurashdi va raqiblarini yengib, Oʻzbekiston chempioni boʻldi.
G‘olib va sovrindorlarni Taekvondo WT asosatsiyasi bosh kotibi Murod Mamadaliyev hamda Tokio olimpiadasi oltin medal sohibi Ulug‘bek Rashidovlar taqdirladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun