Qorong‘u tunning yorug‘ kuni bor

Date:

Har bir qiz oq libos kiyib, kelin bo‘lishni, oila qurib, farzandlari bilan baxtli hayot kechirishni orzu-havas qiladi. Bolalik chog‘ini ota uyida malika bo‘lib, hech qanday g‘am-tashvishsiz, beg‘ubor bola kabi hech narsadan kam-ko‘stsiz ulg‘aygan qizaloq kuni kelib ota uyini tark etadi. Ota-onasini aytmaysizmi, go‘dakligidan oq yuvib, oq tarab, gulday parvarishlab, o‘stirib voyaga yetkazgach, yuragining bir parchasi bo‘lgan qizini ne umidlar bilan o‘zga xonadonga uzatadi. Ota-ona uchun farzandining baxtu kamolini ko‘rishlikdan o‘zga baxt yo‘q. Biroq, har doim ham biz o‘ylagandek bo‘lmaydi. Qiz bola “Palahmon toshi” deganlaridek, borgan joyida toshdek “qotsin”, deyishadi. Termiz shahar “Majnuntol” mahallasida istiqomat qiluvchi Mastona Alimardonova ham bir olam orzu-havaslar bilan baxtli oila quraman deb, Toshkent viloyatiga turmushga chiqqan edi. Arzimagan sabablar bilan boshiga og‘ir kunlarni solgan qaynonasining zulmi tufayli 2 nafar farzandi bilan ota hovlisiga qaytishga majbur bo‘ldi. “Chiqqan qiz chiydan nari” deganlaridek, men ham bolaligim o‘tgan o‘z ota uyimga sig‘madim. Har kuni uyda janjal, men tufayli ukamni oilasi buzilmasin deb ota uyimdan ketdim. Borarga boshpanam yo‘q, qishning sovuq kunida go‘daklarim bilan ko‘cha-ko‘yda tunashga majbur bo‘ldim.
Keyinchalik yotoqxonalarda, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida tunab qolgan kunlarimiz ham bo‘ldi”, deydi Mastona Alimardonova. Bolalarni birovdan kam-ko‘stsiz o‘stirib, qornini to‘yg‘izib, oyoqqa turg‘izish uchun tinim bilmay ishladi. Qo‘lida biror hunari yoki kasbi bo‘lmasa-da, odamlarning uy yumushlariga yordam berib, ikki nafar farzandining qornini och qoldirmadi. U bolalariga ham ona, ham ota o‘rnida bolalarining qalbidagi kemtikka malham bo‘ldi. Singlisining ko‘cha-ko‘yda sarson-sargardon yurishiga chidayolmagan opasi uni va bolalarini o‘z xonadoniga olib keldi. Shunday qilib, Mastona opa biroz muddat pochchasining uyida istiqomat qildi. Ammo “o‘z uying – o‘lan to‘shaging”, deganlaridek, men ham har doim Murch bobo ziyoratgohi oldidan o‘taverib, xudodan iltijo qilib, o‘z uyim bo‘lishligini so‘rardim. Odamlarning uy yumushlariga yordam bergani borgan paytlarimda qaniydi, mening ham shunday o‘z uyim bo‘lsa, men ham farzandlarim bilan o‘z uyimda emin-erkin, birovning qosh-qovog‘iga qarab, dakkisini eshitib yashamasdim, deb havas qilib, bo‘sag‘asidan o‘ng oyog‘im bilan niyat qilib kirardim. Duolarim ijobat bo‘lgan ekan, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi mutasaddilari ko‘magi bilan menga ehtiyojmand ayollar uchun qurilayotgan ko‘p qavatli turar joylardan 1 xonali uy ajratilganligini eshitib, bollarimni bag‘rimga bosib, quvonchimdan ko‘zyosh to‘kdim, deydi ko‘zi to‘la yosh bilan eslaydi Mastona Alimardonova.
Bu yil men uchun omadli keldi. Har yili yangi yilda opam yoki ota-onamning uyida mehmon kabi iymanib o‘tirardik. Bolalarim “qachon o‘zimizni uyimiz bo‘ladi, biz ham uyimizni, archamizni bezatib o‘z uyimizda yangi yilni kutamiz”, deganida qalbimdagi kemtik, xafaqonlik bilan o‘yga cho‘mardim. Endilikda o‘z uyim bor, men ham boshqalar kabi o‘z uyimda yangi yilni xushkayfiyat bilan mehmon kutaman 9 yilda erisholmagan orzuim amalga oshdi. Buning uchun avvalombor muhtaram Prezidentimizga, tegishli mutassadilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, — deydi Mastona Alimardonova. — Bu yil yangi yil archasini bolalarim bilan o‘z koshonamda bir oila bo‘lib, dasturxon atrofida hotirjam o‘tiramiz, bolalarimning quvonchi cheksiz. Baxti kulgani, orzusi ushalgani Mastona Alimardonovaning quvonchi yuz-ko‘zidan sezilib turardi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Happy kids”da hosil bayrami

Kuz fasli dehqonlarning hosiliga baraka kirib, yig‘im-terim boshlangan davr...

Oliy ma’lumotsiz psixologik yordam ko‘rsatish taqiqlanadi

Joriy yilning 5-noyabrida qabul qilingan «Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish...

Ma’daniy o’rmonzor barpo etiladi

Atrofimiz bogʻ-u boʻstonga, yaxshillikka burkanar ekan, ekologiyamiz, olayotgan nafasimiz...

Umida Omonova gʻolib

Yoshlarning sportda, ijodda, sanʼatda va ilm-fanda iqtidor va isteʼdodlarini...
KunTun
KunTun