To‘lanmagan soliqlar undirilmoqda

Date:

Tugab borayotgan yil yakunida yaxshi niyatlar qila turib, bitmagan ishlarimizni oxiriga yetkazishga, qarzlarimiz bo‘lsa uzib, o‘zimizni qushdek yengil his qilgancha yangi yilni qarshi olishga odatlanganmiz. Shu jumladan, soliqlarni ham. Aytish kerakki, soliqlar – milliy iqtisodiyotimizning muhim tayanchi, to‘kin va obod turmushimiz kafolatidir. Afsuski, hamma ham yakunlanib borayotgan yilda soliq to‘lashni xayollariga ham keltirmaydi. Bu esa soliqlarni majburiy tartibda undirishga sabab bo‘layotir.
Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat soliq xizmati organlari xodimlari hamkorligida “mahallabay” asosida ishchi guruhlar tashkil etilib, qarzdor jismoniy hamda yuridik shaxslardan soliq qarzdorliklari undirilmoqda. Soliq inspeksiyaning joriy yil oktyabr hamda dekabr oyidagi ijro varaqalariga asosan qarzdor «SHARG‘UN KO‘MIR» AJdan jami 3 milliard so‘mga yaqin soliq qarzdorligini undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Sariosiyo tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingandan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor jamiyatga tegishli 30 dan ortiq avtotransport vositalari, ko‘chmas mulk bino-inshootlariga taqiq qo‘yilib, bankdagi barcha hisob raqamlari band solindi hamda inkasso topshiriqnomalari yuborildi. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, qarzdor jamiyat hisobidan soliq qarzdorligi to‘liq undirilishi ta’minlandi.
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin, ammo nima bo‘lganda ham barcha huquq va majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarsa, mana shunday holatlar kelib chiqmaydi va soha xodimlarining ortiqcha ovoragarchiligining oldi olingan bo‘larmidi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i yangradi

Bugun Bandixon tumanidagi 45 ta umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq”...

Maktab ostonasidagi ilk tuhfa — kitob

Yangi o‘quv yilining ilk kuni Sho‘rchi tumanidagi umumta’lim maktablarida...

Yangi o‘quv yiliga tantanali start berildi

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan...

Yangi o‘quv yili — ulkan orzular bilan boshlandi

Sho‘rchi tumanida yangi o‘quv yili o‘zgacha ko‘tarinki ruh, ezgu...
KunTun
KunTun