Uchrashuv

Date:

Darsga kirishdan oldin telefonim jiringlab qoldi. Notanish raqam. Go‘shakning u tarafidan tanish ovoz eshitildi.
Qo‘llarim titrab ketdi, beixtiyor salom berdim.
— Va aleykum assalom. Yaxshimisan, o‘qishlaring yaxshimi?
— Ha rahmat, yaxshi.
— Men shaharga ish bilan kelgandim. Senga gapim bor edi. Darsing qachon tugaydi?
— Dars tugashiga qirq daqiqa vaqt bor.
— Yaxshi, men yo‘lingdagi kutubxona oldida kutib turaman.
Darsda, undan so‘ng kutubxonaga yetib borguncha o‘ylandim, nima gapi bo‘lishi mumkin, axir shuncha vaqt xabar olmasdan endi nega men bilan ko‘rishmoqchi?! Yuragim entikib ketyapti, ammo oyog‘im tortmayapti… Ana ularni ko‘rdim. Yoniga borgach, na salom berishni va na bir so‘z deyishimni
bilmasdan yerga qarab turaverdim.
—Yaxshimisan, o‘qishlaring bo‘lyaptimi? Uyingdagilar hammasi yaxshimi?
— Ha rahmat. Hammasi joyida.
Besh daqiqacha bo‘lgan o‘ng‘aysiz suhbatda rejalarim haqida surishtirdi, maslahat berganday bo‘ldi.
— Bu senga, kech bo‘lsayam hayitlik — deb bir dasta pul uzatdi. Negadir cho‘chib ketdim.
— Yo‘q rahmat, kerakmas, — deb orqaga chekindim. U pulni qo‘limga tutqazdi.
— Bilasan-ku, menga quyoshda ko‘p yurish mumkinmas. Shundoq ham kun juda issiq ekan, ko‘chada ko‘p yurdim. Tezroq qishloqqa yetib olishim kerak.
U ketdi, ortidan qarab qoldim. Negadir… rahmim keldi, shuncha yillik sog‘inchim va bolalarcha beqaror tuyg‘ularimga rahmim keldi. Ovozim boricha baqirib yubordim deb o‘ylabman. Yo‘q, aslida, shivirlab aytgan ekanman:
“Sog‘inganman, dadajon ketmang!”

Hulkar E’zoz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun