Konu foyda kon ochildi

Date:

Yangi yilni yaxshi o‘tkazish va yaxshi kutib olish uchun eng avvalo, xonadonimizda tinchlik, sog‘lik, to‘kin-sochinlik bilan bir qatorda bizga yana bir muhim narsa kerak bilasizmi? Bu albatta, tabbiy gaz va ko‘mir. Negaki, uyimizni isitish, yashil archa atrofida bamaylixotir bayramni kutib olishimiz uchun ham ko‘mir juda muhim. Oqova gaz bilan ta’minlanganlar-ku, ko‘mirga ko‘pam ehtiyoj sezmas balki, biroq katta-katta zavod va fabrikalarning ishlashi, ijtimoiy obyektlarning, xonadonlarning isitilishida asosan qishloq aholisi ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanishadi. Qish qirovli kunlarda ko‘mirning qadri yanada oshishi tabiiy.
Mutaxassislarning qayd etishicha, tabiiy gazdan ko‘ra, ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanish evaziga yetishtirilgan mahsulot tannarxi 36 foizga arzonroq tusharkan. Ekologiya nuqtai nazaridan olganda ea tabiiy gaz yoqilganda ko‘mir yonganidagi kabi yuqori haroratda azot oksidi ajralib chiqadi. Faqat ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanish uchun tozalovchi qo‘shimcha uskunalar talab etiladi, ya’ni bu uskunalar atmosferaga chiqadigan zararli chiqitlarni kamaytirishga xizmat qilar ekan.


O‘zi ham, koni ham konu foyda ko‘mir zaxiralari esa vohamizda buloq singari yer tagidan “qaynab” chiqayotgani kishini quvontiradi. Ham mamlakat rivojida, ham aholi bandligini ta’minlashda, qolaversa, aholini sifatli ko‘mir bilan ta’minlashda bunday konlarning ahamiyati yuqori.
Bu yil viloyatimizda fidoyi konchilar hamda ilg‘or geologlarning samarali mehnatlari evaziga sanoatni rivojlantirish, foydali qazilma konlardan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha ulkan yutuqlarga erishildi.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, ko‘mir qazib olish bo‘yicha viloyatdagi 18 ta ko‘mir uchastkalarining 13 tasiga salohiyatli investorlar jalb etildi. Ular tomonidan geologiya-razvedka va qazib olish ishlari jadal olib borilmoqda. Prezidentimiz kelgusi ikki yilda ko‘mir qazib olish hajmini 2 million tonnaga yetkazishni mutasaddilar oldiga vazifa qilib qo‘ygan edi.


Ana shunday sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi sifatida Sariosiyo tumanida joylashgan “Sharg‘un” ko‘mir konini olishimiz mumkin. Bugun ushbu kon Prezidentimizning tashabbusi bilan modernizatsiya qilinib, yirik sanoat korxonasiga aylantirildi.
“Sharg‘un” ko‘mir konida ko‘mir qazib olish boshlangan 1958-yildan bugungi kunga qadar qazib olingan ko‘mir 9,3 million tonnani tashkil etgan bo‘lsa, ushbu loyihaning ishga tushirilishi orqali korxona tomonidan 500 nafar ish o‘rni yaratilib, yiliga 1 million tonnagacha ko‘mir qazib olinishi belgilangan.
Qazib chiqarilayotgan ko‘mirni yaqin kelajakda Pokiston, Afg‘oniston va Eronga eksport qilish bo‘yicha muzokaralar ham olib borilmoqda. Bu haqda ulkan loyihaning ochilish marosimida so‘z olgan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov batafsil malumot beridi. Shuningdek, viloyat rahbari konning respublika iqtisodiy saloyihatini yuksaltirishdagi amaliy ahamiyati haqida atroflicha to‘xtaldi. O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan mexanizatsiyalashgan texnologiya asosida ko‘mir qazib oluvchi birinchi shaxta ekanligi ham qayd etildi.
“Sharg‘unko‘mir” AJ ham davlatimiz rahbarining doimiy e’tibori va qo‘llab- quvvatlashi natijasida tubdan takomillashib, barqaror rivojlanmoqda. Sohani rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ishlar, jalb etilgan investitsiyalar hisobiga so‘nggi 5 yilda toshko‘mir qazib chiqarish hajmi 56 foizga oshgan.
Ayni yangi arafasida ishga tushirlayotgan “Sharg‘un” ko‘mir koni loyihasini amalga oshirishda o‘zining fidikorona mehnati bilan ishtirok etgan konchilar, quruvchilar va texnologlarni yangi yil bayrami hamda zamonaviy shaxtaning foydalanishga topshirilishi bilan tabriklab, ularning mehnatini e’tirof etdi.

Ko‘mir koni ochilishi munosabati bilan OAV vakillari hamda journalist va blogerla ishtirokida press-tur ham tashkil etilib, “Sharg‘un” koni faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Kon besh kilometr ichkarida ko‘mir qazib olish ishlari amalga oshirilayotganligi, konning ichkarisiga har smena ishchilar maxsus vagonlarda oborib olib kelinishi, qazilayotgan ko‘mirlar ham alohida vagocnhalarda chiqarilib, birdaniga shu yerning o‘zida temir yo‘l vagonlariga ortilib, hududlarga yo‘naltirilish jarayonlari journalist va blogerlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Purviqor tog‘lar, xushmanzara joylar, bitmas-tuganmas kon — bularning bari sharg‘unliklarning havas qilsa arzigulik jihatlari ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldik, desam adashmagan bo‘laman.
— Men 28 yil shu konda ishladim, biroq ilgari konda bunday texnologiya yo‘q edi, — deydi Abdujalil Tohirov. — Bugun Xitoy texnologiyasi asosida “Sharg‘un” ko‘mir konida mexanizatsiyalashgan usulda ko‘mir qazib olish yo‘lga qo‘yildi. Konning yonginasiga temir yo‘l olib kleindir. Ishchilar uchun ham juda ko‘p qulayliklar yaratildi. Men ishlagan vaqtlarda qazib olinadigan ko‘mir faqatgina portlatish yo‘li bilan qazib olinardi. Endi esa konda barcha binolar kapital ta’mirlanib, zamonaviy mebel va komputer texnikalari bilan jihozlandi. Ishchi-xodimlarning ish-sharoitlari tubdan yaxshilandi. Ishchilar xavfsizligi ta’minlandi. O‘glim ham shu konda ishlayapt. Sharg‘unlik ko‘plab yoshlar konda ishlab oilasiga baraka kirityapti. Xayolimizda ham bo‘lmagan loyihalar, ishlar bo‘layapti. Ko‘rib, biz keksalar gangib qolyapmiz, rosti.
Prezidentimiz tashabbusi bilan viloyatimizda ham keyingi yillarda zamonaviy sanoati yuksalayotgan hududga aylanayotganini ushbu ko‘mir kon misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

A.Safarova,
I.Mengliyev,
(surat)

Oldingi sahifaUchrashuv
Keyingi sahifaSaksovulzorlar tashkil etiladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Loyihalar qog‘ozdan hayotga ko‘chmoqda

Bugun shahrimiz tobora chiroy ochib, yangidan yangi binolar qad...

Ekologik barqarorlikni ta’minlab

Ayni qish faslida ham bahor nafasi ufurib turgan kunlarda...

Ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan...

Ijtimoiy va iqtisodiy holat yaxshilanmoqda

Hududlarda og‘ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo‘lgan...
KunTun
KunTun