100 million so‘mgacha…

Date:

Shunday vaqt bo‘ladiki, zudlik bilan ma’lum miqdordagi pul kerak bo‘lib qoladi. Yonimizda esa buncha summaning bo‘lmasligi rejalarimizni chipakka chiqarishi hech gap emas. Tijorat banklari taklif etayotgan mikrokreditlari esa jonimizga ora kiradi. Buning uchun shunchaki telefoningizdagi mobil ilovadan so‘rov jo‘natib, kerakli summani olishingiz mumkin.
To‘g‘ri, avvaliga 3, 5 million so‘mgacha mikroqarz berilgan bo‘lsa, bu miqdor 50 million so‘mga yetganidan xabardormiz. Endilikda esa “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining o‘rni va ulushini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-364-son, 10.11.2023 y) qabul qilinishi bilan mikroqarzning eng yuqori miqdori 100 million so‘mgacha oshirildi.
Qarorga ko‘ra, 2024–2026-yillarda quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish dasturi amalga oshiriladi. Qolaversa, 2024-yil 1-aprelgacha mikromoliya xizmatlari sohasiga ixtisoslashgan yangi mikromoliya tashkiloti tashkil etiladi. 2024-yil 1-yanvargacha esa mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun