Pensiya “avtomatik” tarzda tayinlanadi

Date:

Pensiya inson mehnatining mukofoti bo‘lsa kerak. O‘zini kasbu koriga baxshida etgan inson, vaqti-muddati kelib, pensiya oladi, boshqacha aytganda, mehnatlarining mukofoti bilan taqdirlanadi. Xolbuki, pensiya yoshiga yetgan fuqarolar bir talay hujjatlar va ma’lumotlarni to‘plab, bir muddat vaqtini sarflashiga to‘g‘ri keladi. Ba’zida bu sarson-sargardonchilikka sabab bo‘lishi ham bor gap. Ba’zan avval ishlagan joylaridan ma’lumotlari yetmagani uchun ish staji yetmasdan, oqibatda yana ishlashlariga to‘g‘ri kelish holati ham va yoki pensiya tayinlanishida hisoblash miqdoriga ta’sir qilishi ham mumkin.
Ana shunday holatlarga chek qo‘yish maqsadida 2025-yil 1-martdan boshlab 60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga pensiyalar, shu kunning o‘zida “avtomatik” tarzda, ya’ni biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanadi. Bunda, shaxsga oid ma’lumotlar (fuqaroning yoshi, jinsi), ish staji, ish haqi (to‘langan ijtimoiy soliq summasi) va oila tarkibi (turmush o‘rtog‘i va farzandlari) Adliya vazirligi, Bandlik vazirligi hamda Soliq qo‘mitasining elektron bazalaridan olinadi.
Natijada fuqarolarga pensiya tayinlash uchun qo‘shimcha hujjatlar yig‘ish hamda o‘zi istiqomat qiluvchi Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmasiga murojaat qilish talab etilmaydi hamda pensiya yoshiga yetgan fuqaroga, shu kunning o‘zida pensiya “avtomatik” tarzda tayinlangandan so‘ng, fuqaroning mobil aloqa vositasiga ma’lumot yuboriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat ortidan daromad

Angor tumanining “Chinobod” mahallasida yashovchi Bahodir Xudoynazarov ko‘p yillardan...

Mezbonlar shohsupasiz qoldi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmog‘ida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib...

Ichki yo‘llar tekis va ravon

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki...

Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi...
KunTun
KunTun