Sayyor sud bo‘lib o‘tdi

Date:

Sud adolatni o‘rnatishda, jamiyatni illatlardan tozalashga xizmat qiladi. Joylarda tashkil etib kelinayotgan sayyor sudlar esa qonun ustuvorligini namoyon etish bilan birga, insonparvarlik tamoyillariga ham asoslanganini ko‘rsatadi. Muzrabot tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan sayyor sudda voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan va qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan fuqarolarning ishlari ko‘rib chiqildi.


Albatta, aliment to‘lash uchun ota qandaydir ish bilan band bo‘lishi kerak. Band bo‘lmas ekan, farzandlari tugul o‘zini ham boqa olmaydi. Ayni shu jihatlarni hisobga olgan holda jarayon so‘ngida tuman hokimligi, Majburiy ijro bo‘limi va tuman Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida tuman aholisi uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Ishsizlar o‘zlariga ma’qul keladigan ish o‘rinlari bilan qiziqib, shartnoma imzolashishga muvaffaq bo‘lishdi. Mehnat yarmarkasi davomida mutaxassislar aliment toʻlovchilar va aliment oluvchi fuqarolarga aliment majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarish har bir insonning burchi va vazifasi ekanligi toʻgʻrisida tushunchalar berdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun