Qurilishning borishi bilan tanishildi

Date:

Yurtimizda, xususan Surxon vohasida turizm sohasiga katta e’tibor qaratilgan. Asosiysi, tashrif buyuradigan mehmonlarni ko‘ngildagidek kutib olib, xizmat ko‘rsatish maqsadida barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratilmoqda. Xuddi shunday Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan Boysun tumanida “Narzi qushbegi” xususiy korxonasining turistik kompleks qurish loyihasiga start berilgan edi.
Qisqa fursatda esa mazkur loyiha doirasida qanday ishlar olib borildi? Shu kabi savollarga javob olish va hududda loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari bilan tanishish maqsadida viloyat hokimi ushbu hududda bo‘ldi. Loyihani sifatli amalga oshirish va belgilangan muddatga ishga tushirish bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berdi.
Aytish kerakki, umumiy qiymati 47 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha doirasida 50 o‘rinli mehmonxona, 150 o‘rinli restoran, hunarmandlar markazi, sport klub, 10 ta o‘tov uylari, milliy sahna, favvora, 12×24 o‘lchamli baseyn va avtoturargoh qurilishi reja qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun