“Agrotexnolog – muvaffaqiyatli eksport garovi”

Date:

Bugun yoshlar barcha sohalarda o‘zlarini sinab, bu sinov bilan muvaffaqiyat qozonishayotgani ham sir emas. Ilm-u fanda, tadbirkorlig-u fermerlikda, ijodda va san’atda ularning yutuqlari e’tirof etishga, maqtanishga arziydi. Gap, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, fermerlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish haqida ketar ekan, tajribali mutaxassislarning fikr va tavsiyalari, maslahatlarini tinglash foydadan holi bo‘lmaydi.
Yoshlarga kerakli yo‘l-yo‘riqlarni berish maqsadida respublikamiz bo‘ylab Yoshlar ishlari agentligi, Yosh Fermerlar Kengashi va Dalatek tomonidan eksport sirlari, eksportga mahsulotni tayyorlash, mega-grant haqida ma’lumot beruvchi “Agrotexnolog – muvaffaqiyatli eksport garovi” shiori ostida seminar tashkil etib kelinayotir.
Seminarning bu safargi manzili Surxondaryo viloyati Denov hamda Sherobod tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda 100 nafardan ortiq fermerlikka qiziquvchi yosh qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun