Mutolaa atrofida jamlangan avlod

Date:

Kitob — inson tafakkurini boyitadigan, dunyoqarashini kengaytiradigan, ma’naviy kamolotiga xizmat qiladigan bebaho manba. Yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, mutolaani kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish esa kelajak uchun mustahkam poydevor yaratadi. Shu bois kitobxonlikni targ‘ib etish, yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirishga qaratilgan tadbirlar alohida ahamiyat kasb etadi.

Termiz shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ayni maqsadlarni o‘zida mujassam etgan “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tmoqda. Festival o‘quvchilar, ijodkor yoshlar, pedagoglar, kutubxonachilar va kitobxon oilalarni bir davraga jamlab, turli yosh vakillarini mutolaa atrofida birlashtirdi.

Tadbir davomida kitobga mehr, mutolaa madaniyati va ijodkorlikka qiziqishni yanada kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar ilgari surilmoqda. Festival doirasida “Eng yaxshi kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Ijodkor bolalar” hamda “Eng yaxshi maktab kutubxonachisi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash ham rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun