Qidiruvdagi avtomobillar aniqlanmoqda

Date:

Sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, qarzdorliklarni undirish hamda ijro hujjatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida Surxondaryoda qidiruvdagi avtotransport vositalarini aniqlash bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi hamda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hamkorligida tashkil etilayotgan nazorat tadbirlarida «AutoCon» va planshet qurilmalaridan foydalanilmoqda. Tuman va shaharlarning markaziy ko‘chalari hamda yo‘l-patrul xizmati postlarida o‘tkazilayotgan reydlar orqali qarzdorlarning transport vositalari aniqlanib, ijro choralar ko‘rilmoqda.

Joriy yil sentyabr oyida 615 ta ijro hujjati bo‘yicha 16 mlrd 757 mln so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lgan 202 ta avtotransport vositasi aniqlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchalariga joylashtirildi.

Ko‘rilgan ijro choralari natijasida 311 ta ijro hujjati bo‘yicha 2 mlrd 82 mln so‘m qarzdorlik bartaraf etildi va 148 ta avtomobil jarima maydonchalaridan chiqarildi. Bunday nazorat tadbirlari ijro hujjatlarining amalda bajarilishini ta’minlash va qarzdorliklarni undirish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Reyd tadbirlari viloyat bo‘ylab davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun