Ustozga ehtirom — kelajakka e’tibor

Date:

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tumanda ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan ustozlar sharafiga bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokimi Farrux Xoliqov, faxriy ustozlar, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ustozlarning yosh avlodga bilim berish, ularni hayotga tayyorlash va insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Bayram davomida ta’lim sohasida ko‘p yillik mehnati bilan iz qoldirgan faxriy ustozlar hamda o‘quvchilari yuqori natijalarga erishishida munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh pedagoglar e’tirof etildi. Ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ustoz mehnatining natijasi bugun sinfxonada emas, ertangi avlodning bilimida, kasbida va hayotdagi o‘rnida namoyon bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar maydonda, maqsad — g‘alaba!

Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish...

Para dzyudo finalida bir oltin, bir kumush

Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarining para dzyudo bahslarida O‘zbekiston vakillari...

Fuqarolar murojaati tinglandi

Qumqo‘rg‘on tumanining Mustaqillik mahallasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Yosh taekvondochilarimiz xalqaro turnir g‘olibi

Qatarning Doha shahrida o‘tkazilgan Taekvondo WT bo‘yicha G1 toifasidagi...
KunTun
KunTun