Tajriba muhimmi?

Date:

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun kasbiy amaliyotga yaqinlashtiruvchi seminar-trening tashkil etildi.

Unda Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan psixolog mutaxassisligiga ega xodimlar ishtirok etdi. Muloqot davomida talabalarga ichki ishlar tizimidagi psixologik xizmatning o‘ziga xos jihatlari, mutaxassis oldidagi vazifalar va kasbiy yondashuvlar haqida amaliy tushunchalar berildi.

Seminarda shaxsning psixologik holatini o‘rganish, stress va emotsional zo‘riqishlarning oldini olish, kasbiy barqarorlikni ta’minlash hamda turli vaziyatlarda samarali muloqot qilish masalalari muhokama qilindi.

Nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlanib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan soha mutaxassislari bilan fikr almashdi. Bunday muloqot bo‘lajak psixologlarning kasbiy tasavvurini kengaytirib, auditoriyada o‘rganilgan bilimlarni real ish jarayoni bilan bog‘lash imkonini bermoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun