Turizm ko‘chasi yangi qiyofa kasb etmoqda

Date:

Angor tumanining Navro‘z mahallasida master-reja asosida tashkil etilayotgan turizm ko‘chasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajapov va tuman hokimi Qosim Mardonov hududdagi ishlarning borishi bilan tanishdi.

Bu yerda turizm va xizmat ko‘rsatish obyektlarini rivojlantirish, hududning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, aholi hamda mehmonlar uchun qulay muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mas’ullarga loyihani sifatli amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish va belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Turizm ko‘chasining asosiy qiymati esa faqat uning tashqi qiyofasida emas. Muhimi, u hududga tashrif buyuruvchilar uchun qulay maskan, mahalliy aholi uchun esa yangi xizmat va daromad imkoniyatlarini yaratishi kerak.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar maydonda, maqsad — g‘alaba!

Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish...

Para dzyudo finalida bir oltin, bir kumush

Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarining para dzyudo bahslarida O‘zbekiston vakillari...

Fuqarolar murojaati tinglandi

Qumqo‘rg‘on tumanining Mustaqillik mahallasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Yosh taekvondochilarimiz xalqaro turnir g‘olibi

Qatarning Doha shahrida o‘tkazilgan Taekvondo WT bo‘yicha G1 toifasidagi...
KunTun
KunTun