Rahbarlar avtomobilsiz yo‘lga chiqdi

Date:

Surxondaryoda “Avtomobilsiz kun” tashabbusi doirasida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda mas’ullar ishga velosipedda harakatlanishdi.

Bu oddiy targ‘ibot tadbiridan ko‘ra kengroq ma’noga ega. Chunki avtomobildan foydalanishni qisqartirish — havoga chiqariladigan zararli tashlamalarni kamaytirish, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish va jismoniy faollikni oshirishning amaliy usullaridan biridir.

Prezidentning 2026-yil 25-martdagi 46-son Farmoniga muvofiq, har oyning 10 va 25-sanasida “Avtomobilsiz kun” hamda “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazilmoqda. Mazkur tashabbus atmosfera havosi sifatini yaxshilash, ekologik barqaror muhitni shakllantirish va yashil transportdan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan.

Shuningdek, “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida aholining ekologik bilim va madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan. Yaqinda qabul qilingan PF–206-son Farmon esa mahallalarda obodonlashtirish, tozalik va yashillik darajasini oshirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi.

Tashabbus davomida viloyat hokimi rahbar va xodimlarni kundalik qatnovlarda imkon qadar velosiped, jamoat transporti va boshqa ekologik toza harakatlanish vositalaridan foydalanishga chaqirdi.

Zero, ekologik madaniyat faqat targ‘ibot so‘zlarida emas, kundalik odatlarda namoyon bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar maydonda, maqsad — g‘alaba!

Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish...

Para dzyudo finalida bir oltin, bir kumush

Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarining para dzyudo bahslarida O‘zbekiston vakillari...

Fuqarolar murojaati tinglandi

Qumqo‘rg‘on tumanining Mustaqillik mahallasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Yosh taekvondochilarimiz xalqaro turnir g‘olibi

Qatarning Doha shahrida o‘tkazilgan Taekvondo WT bo‘yicha G1 toifasidagi...
KunTun
KunTun