Mehnat va natija eʼtirof etildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida Beshqahramon hududidagi “Fayzi Mamatmurodov” fermer xo‘jaligining paxta dalasida bo‘lib, yig‘im-terim jarayonlari bilan tanishdi.

Dalada paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlari, terimchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, terimchilar bilan suhbatlashilib, mavsum boshidan buyon paxta yig‘im-terimida faol qatnashib, yuqori natijalarga erishayotgan bir guruh terimchilarning mehnati e’tirof etildi. Ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tashrif davomida paxta yig‘im-terimini samarali tashkil etish, tumanning boshqa hududlarida ham terimchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mavsumni belgilangan vazifalar asosida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun