FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI

Date:

Fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning navbatdagi ommaviy va shaxsiy qabullari o‘tkazildi.

Shahar va tumanlar studiyalari orqali tashkil etilgan ommaviy qabulda 89 nafar fuqaroning 98 ta masalasi ko‘rib chiqildi. 11 ta murojaat joyida hal etildi, qolgan 87 ta masala yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar va muddatlar belgilandi.

Shuningdek, hokimning shaxsiy qabulida 21 nafar fuqaro 24 ta masala bilan murojaat qildi. 6 ta masala joyida hal etilib, qolgan 18 ta murojaatni o‘rganish va qonun doirasida hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Murojaatlar yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi viloyat hokimligining mas’ul bo‘limi tomonidan nazoratga olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun