Yoshlarning g‘oyalari va loyihalari muhokama qilindi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida iqtidorli talabalar bilan uchrashib, ularning ilmiy-innovatsion loyihalari va startaplari bilan tanishdi.

Talabalar tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi g‘oyalar, amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, viloyat hokimi yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi. Unda viloyatning barcha tumanlaridan yoshlar Zoom platformasi orqali qatnashib, o‘z tashabbuslari va yangi loyihalari haqida fikr bildirdi.

Muloqotda yoshlarning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish hamda tashabbuslarni amaliy natijaga aylantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun