Termizda 1 100 o‘rinli yangi xususiy maktab ish boshladi

Date:

Termiz shahrida umumiy qiymati 8 million dollarlik loyiha asosida bunyod etilgan 1 100 o‘rinli “Volshebniy zamok” (“Sehrli qasr”) xususiy maktabi faoliyatini boshladi.

Maktabning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Unda ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, zamonaviy va xalqaro standartlarga mos ta’lim muassasalarini ko‘paytirishning ahamiyati ta’kidlandi.

Yangi maktabda 55 nafar tajribali o‘qituvchi va murabbiy faoliyat yuritadi. Bu yerda o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlarda ta’lim olish imkoniyati yaratilgan.

Loyiha tashabbuskori bungacha 360 o‘rinli xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotini ham yo‘lga qo‘ygan.

Yangi maktabning ish boshlashi Termizda zamonaviy ta’lim infratuzilmasini kengaytirish bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratish va ota-onalar uchun ta’lim tanlovlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun