35 bolajon uchun unutilmas bayram

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari uchun 35 nafar bolajonning sunnat to‘yi birgalikda tashkil etildi.

Ezgu tashabbus tuman hokimligi hamda imom-xatiblar hamkorligida o‘tkazilib, unda tuman hokimi Abdulla Mamatqulov, viloyat bosh imom-xatibi Rasuljon domla Abdullayev, nuroniylar, mahalla faollari, ota-onalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda bolajonlarga milliy liboslar va esdalik sovg‘alari topshirilib, ular uchun bayram dasturxoni yozildi. San’atkorlar chiqishlari va turli ko‘ngilochar dasturlar esa bolalarga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Eng muhimi, ezgu tashabbus 35 nafar bolajon va ularning oilalariga unutilmas quvonch bag‘ishladi. Bunday tadbirlar xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, inson qadri ulug‘lanayotganining amaliy ifodasiga aylanmoqda.

Mustaqillik bayrami arafasida 35 nafar bolajonning quvonchi esa ushbu ezgu ayyom shukuhiga o‘zgacha fayz qo‘shdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun