14 jamoa — bir maqsad sari

Date:

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Semurg‘” bolalar oromgohida “Yashil chiroq–2026” musobaqasining Respublika bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

Unda mamlakatimizning 14 ta jamoasi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda. Bellashuvlarda Surxondaryo viloyati jamoasi ham faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilmoqda.

Musobaqa davomida ishtirokchilar jamoaviy va yakka tartibdagi jami 13 ta shart bo‘yicha bellashib, yo‘l harakati qoidalarini bilishi, tezkor fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Bunday bellashuvlar yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati madaniyatini yuksaltirish, xavfsizlik qoidalariga mas’uliyat bilan yondashish va bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun