Daromad topish imkoniyati yaratildi

Date:

Aholining bandligini ta’minlash, oilaviy daromadlarni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi amaliy ishlar Muzrabot tumanida ham izchil davom etmoqda. Davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida tuman hokimligida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan kambag‘al oilalar vakillariga tadbirkorlik va daromad topish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur asbob-uskunalar topshirildi.

Tadbir davomida 37 nafar fuqaroga 120 million so‘mlik 37 turdagi jihozlar, jumladan, tikuv mashinalari, overloklar, kompyuter va noutbuklar, motokultivator, skuter, duxovka, payvandlash apparatlari hamda boshqa zarur uskunalar topshirildi.

Mazkur ko‘mak fuqarolarga o‘z tadbirkorligini boshlash yoki mavjud faoliyatini kengaytirish, yangi daromad manbalarini yaratish va oilaviy farovonlikni oshirish imkonini beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun