Tadbirkorlar mehnatiga yuksak e’tirof

Date:

Tadbirkorlik — iqtisodiy taraqqiyot, yangi ish o‘rinlari va aholi farovonligini ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Shu bois o‘z faoliyati bilan hudud rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan ishbilarmonlarni rag‘batlantirish ularning yangi tashabbus va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimizning tegishli Farmoni va farmoyishiga muvofiq, iqtisodiyotimiz barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh surxondaryolik tadbirkorlar davlat mukofotlari hamda «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ularning 3 nafari davlat mukofotlariga, 8 nafari esa «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoniga munosib ko‘rildi. Mukofotlarni topshirish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, soha vakillarini qutladi va ularning voha iqtisodiyoti rivoji, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi farovonligini oshirishdagi hissini alohida e’tirof etdi.

Tadbirda «Do‘stlik» ordeni, «Jasorat» va «Shuhrat» medallari hamda «Faol tadbirkor» ko‘krak nishonlari o‘z egalariga topshirildi.

Marosim ishtirokchilari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish va biznes yuritish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yangi tashabbuslar uchun muhim rag‘bat bo‘layotganini ta’kidladilar.

Zero, tadbirkor mehnatining e’tirof etilishi — nafaqat bir inson faoliyatiga berilgan baho, balki yangi g‘oyalar, tashabbuslar va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan muhim omildir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun