Shonga to‘la 87 yil

Date:

Har bir harbiy qismning shakllanish tarixi — bu faqat sanalar ketma-ketligi bilan emas, balki Vatanga sadoqat, fidoyilik va matonat bilan yozilgan sharafli solnomadir. Ana shunday shonli yo‘lni bosib o‘tgan Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugining Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qism tashkil etilganligining
87 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Marosimda harbiy qismning boy tarixi, bosib o‘tgan sharafli yo‘li va bugungi kunda erishilayotgan yutuqlari haqida so‘z yuritildi. Ta’kidlanganidek, ushbu harbiy qism qariyb 90 yil avval tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida jangovar shaylik, mustahkam intizom va Vatan himoyasi yo‘lidagi fidokorona xizmati bilan o‘zining munosib o‘rnini egallab kelmoqda.
Yillar davomida harbiy qismning moddiy-texnik bazasi zamon talablari asosida mustahkamlanib, shaxsiy tarkibning jangovar, kasbiy hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini yanada yuksaltirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Bugun ushbu harbiy qism nafaqat jangovar vazifalarni sidqidildan ado etayotgan, balki yosh avlodni vatanparvarlik, jasorat va sadoqat ruhida tarbiyalaydigan muhim maskan sifatida ham e’tirof etilmoqda.
Tantanali tadbirda Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi qo‘mondonlik mas’ul ofitserlari, faxriylar, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar harbiy qismning o‘tgan yillar davomida bosib o‘tgan sharafli yo‘lini, jangovar tayyorgarlik sohasidagi yutuqlarini va Vatan tinchligi hamda xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning fidokorona mehnatini yuksak baholadilar.
Tadbir davomida xizmat vazifalarini namunaviy ado etayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari hamda navbatdagi harbiy unvonlar bilan taqdirlandi. Bayramona tadbir harbiy orkestr va taniqli san’atkorlar ishtirokida vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar, milliy musiqiy chiqishlar bilan davom etdi.

Akbar AXMEDOV,
III darajali serjant,
Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun