“Yil o‘qituvchisi”: mahorat va tajriba maydoni

Date:

Termiz shahridagi Pedagogik mahorat markazida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinovlarida ishtirok etayotgan ustozlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda pedagoglarning tayyorgarlik jarayoni, kasbiy mahorati va ta’limdagi ilg‘or yondashuvlari haqida fikr almashildi. Ayniqsa, tanlov ishtirokchilarining aksariyatini yosh pedagoglar tashkil etayotgani ularning o‘z ustida ishlayotgani va kasbiy rivojlanishga intilayotganidan dalolat beradi.

Mazkur tanlov ustozlarning tajribasini namoyon etish, yangi g‘oyalarni ommalashtirish hamda pedagoglar o‘rtasida tajriba almashish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.

Barcha ishtirokchilarga tanlovning keyingi bosqichlarida omad va munosib natijalar tilaymiz. Zero, bilimli va fidoyi pedagoglar — ta’lim taraqqiyotining asosiy tayanchidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun