Bunyodkorlik loyihalari nazorat ostida

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanining Chinobod mahallasida joylashgan 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Yig‘ilishda qarorda belgilangan vazifalarning bajarilishi, qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini sifatli va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi loyihalarni amalga oshirish jarayonida sifat va muddat masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Mas’ullarga ishlarni tizimli nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun