Yangi O‘zbekistonda mahalla taraqqiyoti muhim ahamiyatga ega

Date:

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mahalla tizimini rivojlantirish borasidagi islohotlarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi. Yig‘ilishda mahallalarni moliyaviy, tashkiliy va institutsional jihatdan kuchaytirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinib, davlat boshqaruvida mahallaning o‘rni va mas’uliyati yanada oshirildi.

Eng e’tiborli jihatlardan biri shundaki, endilikda mahalla nafaqat muammolarni qayd etuvchi, balki ularni hal etish uchun tashabbus ko‘rsatuvchi va natija uchun javob beruvchi boshqaruv bo‘g‘iniga aylanmoqda. Mahalla raisi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish loyihalarini shakllantiruvchi hamda ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi asosiy mas’ul sifatida faoliyat yuritadi.

Yig‘ilishda «mahalla yettiligi» real iqtisodiy va ijtimoiy drayverga aylanishi kerakligi qat’iy belgilandi. Endilikda mahalla raislari o‘z hududida xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlari qurish uchun yerlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri auksionga chiqarish huquqiga ega bo‘ladi. Mahallabay ishlovchi bank xodimlarining yuki yengillashtirilib, ularga ko‘pi bilan 3 ta mahalla biriktiriladi. Ularning bosh vazifasi – oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari yaratish bo‘ladi. Buning uchun qo‘shimcha 2 trillion so‘m imtiyozli kredit ajratildi.

Mahalla tizimini ilmiy asosda tashkil etish maqsadida Davlat boshqaruvi akademiyasi huzurida Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi. Institut har yili 21 ming nafar «yettilik» a’zosini o‘qitadi. Norin tumani tajribasi asosida barcha davlat xizmatlari bosqichma-bosqich mahallaga tushiriladi. Xizmatlar soni elektron shaklda 900 dan oshiriladi.


Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, mahalla obod bo‘lsa – yurt obod bo‘ladi, mahalla o‘zgarsa – butun jamiyat o‘zgaradi. Yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash mahallalarga yangi nafas, yangi ruh olib kiradi.

Jamshid Aliyev,

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo`linmasi bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun