G‘oyalari natija berdi

Date:

Innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarning tashabbuslarini amaliy loyihalarga aylantirish bugun hududlar rivojida muhim omilga aylanmoqda. Bandixon tumanida amalga oshirilayotgan ishlar ham buning yaqqol tasdig‘idir.

Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tashabbuskor yoshlar bilan uchrashuvda ularning erishgan yutuqlarini e’tirof etdi. Xususan, Navro‘z mahallasi vakili Mexroj Normamatovning “Mebelim.uz” loyihasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Venchur jamg‘armasining 35 ming AQSh dollari miqdoridagi grantini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Bag‘rikeng mahallasida yashovchi Sevinch Jo‘rayevaning “AeroMag” yashil texnologiya loyihasi Respublika bosqichiga yo‘llanma olib, ekologik va innovatsion yechimlari bilan istiqbolli tashabbus sifatida e’tirof etildi.

Bandixon yoshlari erishayotgan bunday natijalar ilm, innovatsiya va tashabbus uyg‘unlashganda katta imkoniyatlar yuzaga kelishini yana bir bor namoyon etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun