Sertifikat — imkoniyat

Date:

Talabalar uchun yana bir qulaylik: xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat universitetlariga o‘qishni ko‘chirish jarayonida milliy hamda xalqaro sertifikatlar hisobga olinadi.

Yangi tartibga ko‘ra, chet tili yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha amaldagi sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlarga ushbu fanlardan imtihonda maksimal yoki tabaqalashtirilgan ball beriladi.

Mazkur imkoniyat joriy yilgi o‘qishni ko‘chirish jarayonidan boshlab qo‘llaniladi. Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha Davlat xizmatlari markazlari, my.gov.uz portali yoki Bilimlarni baholash agentligi platformasi orqali qabul qilinadi.

Yangi tartib bilimini oldindan tasdiqlagan talabalar uchun imtihon jarayonida qo‘shimcha imkoniyat yaratib, o‘qishni davom ettirish yo‘lini yanada qulaylashtiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun