Kichik xo‘jalikdan katta natija

Date:

Uzun tumanidagi Muhammadali Muhammadiyev uchun tonglar bedanalar sayrashi bilan boshlanadi. “Do‘stlik” mahallasida yashovchi nuroniy xonadonida 5 ming donadan ortiq Manjuriya zotli bedana parvarishlab, o‘ziga xos oilaviy tadbirkorlik yo‘lga qo‘ygan.

Bugungi kunda uning xo‘jaligidan har kuni 4 mingdan ortiq tuxum olinib, xaridorlarga yetkazib berilmoqda. Shuningdek, parhezbop bedana go‘shti ham iste’molchilarga taklif etilmoqda.

Muhammadali akaning tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, katta imkoniyatlar doimo yirik ishlab chiqarish maydonlaridagina emas, balki mehnat, tajriba va to‘g‘ri yondashuv uyg‘unlashgan xonadonlarda ham yaratilishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun