Bog‘dan bozorgacha…

Date:

Uzun tumanida qishloq xo‘jaligini zamonaviy qayta ishlash bosqichiga olib chiqadigan yangi loyiha amalga oshirilmoqda.

“Guliston” mahallasida “Uzun Agrostar” MCHJ tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan agrosanoat majmuasi barpo etilmoqda.

Korxona xurmo va anjir yetishtirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, zamonaviy agrotexnologiyalar asosida faoliyat yuritmoqda. Yangi majmua esa yetishtirilgan mahsulotni shunchaki xomashyo sifatida emas, balki qo‘shimcha qiymat yaratilgan tayyor mahsulotga aylantirish imkonini beradi.

Loyiha natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi, hududning eksport salohiyati oshishi va Uzun tumanida zamonaviy oziq-ovqat sanoati rivojlanishiga yangi turtki berilishi kutilmoqda.

Bu tashabbus — mehnat, zamonaviy texnologiya va tadbirkorlik uyg‘unlashganda hudud iqtisodiyoti qanday yangi bosqichga ko‘tarilishini ko‘rsatadigan amaliy misoldir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayramga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Yilning eng quvonchli va unutilmas bayramlaridan biri — Yangi...

Surxon suv ombori yangi qiyofa kasb etadi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Surxon suv ombori hududida turizmni rivojlantirish, dam...

Zo‘ravonlik: xabar berish tartibi belgilandi

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar...

Futbolchilarimiz eng yaxshilar safida

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolchilari xalqaro maydonda munosib natijalar qayd...
KunTun
KunTun