Sevinch finalda

Date:

Yosh sportchilarning xalqaro maydonlardagi muvaffaqiyatlari yurtimiz sporti salohiyati tobora yuksalib borayotganidan dalolat bermoqda. Indoneziyada o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatida Sho‘rchi tumani vakili Sevinch Xurramova navbatdagi yorqin g‘alabasi bilan e’tibor qozondi.

65 kilogramm vazn toifasidagi yarim final jangida Sho‘rchi tumani 1-son sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sevinch Xurramova mezbon sportchi Mariya Meisitani har uch raundda ham mutlaq ustunlik bilan mag‘lub etib, 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Ushbu muvaffaqiyat evaziga Sevinch Xurramova U-23 Osiyo chempionatining final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu natija nafaqat yosh bokschining mahorati, balki mamlakatimizda sportni rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun