Ishonchni oqlab…

Date:

Yoshlarni sportga keng jalb etish va ularning xalqaro maydonlarda raqobatbardosh bo‘lib kamol topishi yo‘lida erishilayotgan yutuqlar tobora ortib bormoqda. Bu borada Sariosiyo tumani yosh sportchilari navbatdagi muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi.

Samarqand viloyatida Karate-ITKF sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida O‘zbekiston professional va havaskor K-1 federatsiyasining Surxondaryo viloyati rahbari Abdug‘ani Rajabov, Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi direktor o‘rinbosari Sharofiddin Begaliyev, karate-do to‘garagi rahbarlari Muhammadjon Nusratullayev va Fazliddin Mirzamurodov boshchiligidagi 19 nafar sportchi ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, sariosiyolik karatechilar ustozlari bildirgan ishonchni oqlab, 10 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, tumanning sport salohiyatini yana bir bor namoyon etdilar. Ushbu natija yosh sportchilarning mahorati, murabbiylarning samarali mehnati hamda yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborning amaliy samarasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun