Choralar kuchaytirildi

Date:

Anomal issiq havo sharoitida tabiiy hududlarni yong‘inlardan muhofaza qilish dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda. Shu bois “Surxon” davlat qo‘riqxonasida yong‘in xavfining oldini olish va favqulodda holatlarga tezkor javob berishga qaratilgan profilaktik tadbirlar kuchaytirildi.

Qo‘riqxonaning yong‘in sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarida tabiiy suv havzalari va maxsus idishlarda suv zaxiralari yaratildi. Shuningdek, yong‘inlarni qisqa fursatda bartaraf etish uchun zarur texnika va yong‘in o‘chirish vositalari shay holatga keltirildi.

Amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar qo‘riqxonaning noyob flora va faunasini, bioxilma-xillikni asrash, tabiiy ekotizimlarni yong‘inlardan muhofaza qilish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish imkoniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun