Amaliy tadbirlar boshlandi

Date:

Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish bugungi islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Termiz tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash va shag‘allash ishlarini samarali tashkil etishga qaratilgan amaliy tadbirlar boshlandi.

Termiz tumani hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig‘i Shuxrat Qalandarov rahbarligida mahallalardagi ichki tuproq yo‘llarni shag‘allash va ta’mirlash bo‘yicha maxsus taktik o‘quv mashqiga start berildi. Unda tuman prokurori Yodgor Bozorov, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar bo‘limlari hamda tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

O‘quv mashqi doirasida mahallalardagi ichki yo‘llarni shag‘allash va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Bu esa aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash, mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun