Mahallalarda suv ta’minoti yaxshilanmoqda

Date:

Aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash hududlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda fuqarolar turmush farovonligini oshirishning muhim omillaridan biridir. Shu maqsadda Angor tumanida ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Prezidentning tegishli qarori ijrosi doirasida Gilambob, Xomkon va Yuqori Tallashqon mahallalarida zamonaviy ichimlik suvi tarmoqlari barpo etilib, aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash uchun zarur infratuzilma yaratilmoqda.

Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ichimlik suvi ta’minoti sifatini yaxshilash, qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda hudud aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun