Pasurxida shifokorlik punkti ish boshladi

Date:

Boysun tumanining “Pasurxi” mahallasida 50 qatnovga mo‘ljallangan yangi oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi. Zamonaviy tibbiyot maskani “Avazov Ulug‘bek Jabborovich” MCHJ tomonidan 2 milliard 580 million so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga barpo etildi.

Yangi muassasaning ishga tushirilishi hudud aholisi uchun birlamchi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirib, xizmat sifati va qamrovini oshirishga xizmat qiladi.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Boxadir Shukurov ishtirok etib, so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda aholiga qulay tibbiy sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom etayotganini ta’kidladi.

Mazkur obyektning foydalanishga topshirilishi “inson qadri” tamoyili asosida aholi salomatligini muhofaza qilish, birlamchi tibbiy xizmatni hududlarga yanada yaqinlashtirish yo‘lidagi muhim amaliy qadam sifatida qayd etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun